EduLingo
O'quv markazlari va repetitorlar uchun

O'quvchilaringiz uy vazifasini bajaradigan bo'ladi.

Siz dars berasiz — qolganini EduLingo qiladi: vazifani tekshiradi, eslatadi, davomatni yuritadi va ota-onaga natijani ko'rsatadi. Siz esa vaqtingizni qaytarib olasiz.

Karta shart emas 5 daqiqada tayyor O'zbek tilida

Tanish holatmi?

Har bir markaz shu muammolarga duch keladi

😩

Vazifani hech kim qilmaydi

Berasiz, lekin kim bajargani noma'lum. Tekshirishga esa kechalari soatlar ketadi.

🚪

O'quvchilar 2–3 oyda ketadi

Darsdan tashqari ingliz tili bilan hech narsa qilmaydi, natija sezilmaydi — va ketadi.

📵

Ota-ona natijani ko'rmaydi

"Pulimga nima olyapman?" degan savol — keyingi oy to'lov kechikadi.

📒

Davomat daftarda qoladi

Kim necha dars qoldirgan, o'rtacha baho qancha — oy oxirida hech kim bilmaydi.

Tasavvur qiling — 30 kundan keyin

Ertalab telefoningizni ochasiz va hammasi tayyor turadi

Kim vazifani bajardi, kim darsga kelmadi, kim orqada qolyapti — bir qarashda. Ota-onalar farzandining o'sishini ko'radi va sizning markazingizga ishonadi. O'quvchilar esa o'yin, reyting va eslatmalar tufayli har kuni qaytib keladi.

✅

Vazifa o'zi tekshiriladi

Eshitib yozish va talaffuz foizda baholanadi — siz faqat natijani ko'rasiz.

🔥

O'quvchi har kuni qaytadi

O'yinlar, reyting va Telegram eslatmalari odat hosil qiladi.

👨‍👩‍👧

Ota-ona ishonadi

Bitta havola — farzandining davomati, bahosi va o'sishi.

⏱

Haftasiga soatlab vaqt

Davomat bir bosishda, hisobot o'zi tayyorlanadi.

3 qadam · 5 daqiqa

Bugun ro'yxatdan o'ting — ertaga ishlaydi

1 1 daqiqa

Ro'yxatdan o'ting

Markaz yoki repetitor sifatida — telefon va parol. Sinov darhol boshlanadi.

2 2 daqiqa

Guruh oching

Nomi, darajasi va dars kunlari. Ustozlarga login va parol o'zi tayyorlanadi.

3 2 daqiqa

O'quvchilarni qo'shing

Ism-familiyalarni yozasiz — har biriga login kartochkasi. Vazifa esa tayyor.

Har kimga o'z paneli

Siz kimsiz?

  • Hamma guruh va ustozlar bitta ekranda
  • Davomat va natijalar — oylar bo'yicha
  • Qaysi ustoz faol, qaysi guruh orqada — darhol ko'rinadi
  • Ota-onalarga tayyor hisobot va Excel

Hisoblab ko'ring

Har ketgan o'quvchi — yo'qotilgan pul

Siz markazingiz raqamlarini kiriting — biz qancha pulni saqlab qolishingizni ko'rsatamiz.

Ketayotganlarning har uchdan bittasini saqlab qolsangiz, oyiga:

0

so'm qo'shimcha tushum

EduLingo narxi: 0 so'm/oy

0× qaytim

Taxminiy hisob: ketayotgan o'quvchilarning uchdan biri qoladi deb olingan. Natija markazga qarab farq qiladi.

Narx

O'quvchidan emas — ustoz boshiga

Bitta o'quvchining oylik to'lovidan ham kam — butun guruh uchun.

Repetitor

99 000 so'm / oy

Yakka ustoz, 50 tagacha o'quvchi

Repetitor sifatida boshlash
Markazlar uchun

O'quv markazi

79 000 so'm / ustoz / oy

Har ustozga 50 tagacha o'quvchi · direktor paneli

Markaz sifatida boshlash

🎁 14 kun to'liq bepul · karta so'ralmaydi · yoqmasa — shunchaki to'xtatasiz

Sizda savol bo'lishi tabiiy

CRM'imiz bor — bu kerakmi?

Ha, ular bir-birini to'ldiradi. CRM to'lov va lidlarni hisoblaydi, EduLingo esa o'qitadi: vazifa, mashq, davomat, natija.

Ustozlarim texnikaga uncha emas

Hammasi bir-ikki tugmada: davomat — bir bosish, vazifa — tayyor ro'yxatdan tanlash. Birinchi kuni o'zimiz ko'rsatib beramiz.

O'quvchilar qanday kiradi?

Ustoz ism-familiyalarni yozadi — har biriga login va parol tayyorlanadi. Telegram bot orqali parolsiz kirish ham bor.

Sinovdan keyin nima bo'ladi?

Siz bilan bog'lanamiz va markazingiz hajmiga qarab narxni kelishamiz. Davom etmasangiz — ma'lumotlar o'chmaydi.

Ma'lumotlar xavfsizmi?

Har kim faqat o'ziga tegishlini ko'radi: ustoz — o'z guruhini, o'quvchi — o'zini. Parollar shifrlangan holda saqlanadi.

Keyingi oy o'quvchilaringiz boshqacha o'qiydi

Boshlash uchun 5 daqiqa kifoya. Birinchi 14 kun — bepul, hech qanday majburiyatsiz.

Hoziroq boshlash

Hisobingiz bormi? Kirish

🎁 14 kun bepul boshlash