VidLingo

Ingliz tilini kinolar orqali o‘rganishning 3 ta oltin qoidasi

· 1 daqiqa o'qish · 1 ko'rish

Zerikarli darsliklarni bir chetga suring! Sevimli filmlaringiz va seriallaringiz orqali ingliz tilini tez hamda qiziqarli o‘rganish sirlari bilan bo‘lishamiz

Filmlar va seriallar ko‘rish — shunchaki hordiq chiqarish emas, balki jonli so'zlashuv tilini o‘rganishning eng samarali usulidir. Lekin shunchaki kino ko‘ribgina tilni mukammal o‘rganib bo‘lmaydi. Buni to‘g‘ri bajarish uchun 3 ta muhim qoidaga amal qiling:

Darajangizga mos film tanlang: O‘rganishni murakkab ilmiy-fantastik kinolardan emas, sodda so'zlashuv ishlatiladigan komediya yoki multfilmlardan (masalan, Friends yoki Inside Out) boshlang.

Subtitrlardan to‘g‘ri foydalaning: Iloji boricha o‘zbekcha subtitrlardan voz keching. Inglizcha subtitrni yoqib ko‘rish — talaffuz va yozilish o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunishga yordam beradi. Noma'lum iboralarni uchratganingizda to‘xtatib, belgilab oling.

"Shadowing" (Eshitib takrorlash) usulidan foydalaning: Qahramon aytgan jumlani pauza qilib, aynan uning talaffuzi va intonatsiyasi bilan ovoz chiqarib qaytaring. Bu nutqingizni tez orada ravonlashtiradi.

💡 Eslatma: Eng muhimi — muntazamlik! Kuniga atigi 20-30 daqiqa kino uzindilarini tahlil qilish orqali ham so‘z boyligingizni tezda oshirishingiz mumkin.

Sevimli kino orqali ingliz tili

Tayyor sahnani oching va tushunmagan so'zni bosing — o'sha gapdagi ma'nosi o'zbekcha chiqadi. Ro'yxatdan o'tish shart emas.

Yana o'qing